Mamlakatning birinchi shaxslari xavfsizligiga javobgar bo‘lgan AQSh maxfiy xizmati mamlakat poytaxti markazida joylashgan, yangi saylangan prezident Donald Trampga tegishli mehmonxona oldida to‘siqlar o‘rnatdi. Bunga milliarderga qarshi o‘tayotgan norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Maxfiy xizmat agentlari mehmonxonaga kiradigan barcha yo‘llarni bekitdi, bir nechta patrul ekipajlari bino atrofida navbatchilik qilmoqda.
Tunda mehmonxona yaqinida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tganidan so‘ng shu kabi xafsizlik choralari ko‘rildi. Namoyishchilar binoning birinchi qavati derazalari va devorlarini ko‘k rangga bo‘yab ketdi. Ertalabki soatlarda mehmonxona ishchilari devorlardagi haqoratli rasmlarni o‘chirish bilan band bo‘ldi.
Izoh (0)