Reputation Institute konsalting agentligi jahonning eng rivojlangan shaharlari reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatga Avstraliyaning Sidney shahri boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Respondentlarning fikricha, Sidneyda chiroyli hayot uchun barcha sharoitlar mavjud.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Vena (Avstriya) va Syurix (Shveysariya) egalladi. Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Toronto (Kanada), Stokgolm (Shvetsiya), Edinburg (Shotlandiya), Monreal (Kanada), Rim (Italiya), Vankuver (Kanada), Kopengagen (Daniya) kirdi.
Reytingga asos bo‘lib xizmat qilgan, City RepTrak 2016 tadqiqoti doirasida o‘tgan so‘rovda 20 ming respondent ishtirok etdi.