Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Raul Gonsales Nyu-York shahrida uyushtirilgan marafonda 3 soat-u 26 daqiqalik natija qayd etdi. Bu vaqtda u 42 kilometr masofani bosib o‘tdi.
Bu marafondagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lganini futbolchining Twitter sahifasidan bilib olish mumkin.
Ma’lumot uchun, Raul Yevropa Chempionlar Ligasida uch bor zafar quchgan, olti marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)