O‘zbekiston Rossiyaning Astraxan viloyati bilan u yerda vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari va mehnat faoliyatini himoya qilish borasida kelishuv imzolaydi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi 7–8-noyabr kunlari Astraxan viloyatida bo‘ldi. Tashrif chog‘ida delegatsiya mintaqaning turli strukturalarida muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar bir qator dolzarb masalalar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining Astraxan viloyati va umuman Rossiya hududiga migratsiyasini tartibga solish masalasini muhokama qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreya, Polsha va Yaponiya hukumatlari mehnat migratsiyasi masalasini ijobiy hal qilganini aytib o‘tdi hamda Astraxan viloyati bilan mana shunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi. Tomonlar muhojirlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzolashga qaror qildi.
Izoh (0)