Moskvadan Maxachqal’a shahriga uchayotgan samolyot bortida ketayotgan yo‘lovchilardan biri olamdan o‘tdi. Bu haqda, Dog‘iston aeroporti hamda favqulodda xizmatlarga asoslanib, “Argumenti i fakti” ma’lum qildi.
Voqea parvoz chog‘ida, “Nordavia” aviakompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilishidan ko‘p o‘tmay ro‘y berdi. Havo kemasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan chiqqan edi.
Marhum yo‘lovchining shaxsi va uning o‘limi sabablari samolyot qo‘nganidan so‘ng aniqlanadi. Hozircha uning xasta bo‘lgani, parvoz chog‘ida uni davolovchi shifokori kuzatib borgani ma’lum.
Izoh (0)