Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Axloq qo‘mitasining tergov palatasi Gonduras futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Rafael Kalyexasni korrupsiya mojarosiga aloqadorligi uchun futbolga oid ishlardan umrbod chetlatishni tavsiya qildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yakuniy qarorni FIFA arbitraj palatasi qabul qiladi.
2015-yilning dekabr oyida Kalyexas marketing huquqlari va futbol o‘yinlarining translyatsiyasini sotishda koppursiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblandi. Mart oyida mutasaddi Nyu-York sudida o‘z aybini tan oldi.
Ma’lumot uchun, Rafael Kalyexas 2011–2015-yillar davomida Gonduras futbol federatsiyasini boshqargan. Bundan tashqari, u 1990–1994-yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan.
Izoh (0)