Mutlaq jangchilar chempionati (UFC)ning sobiq chempioni Jon Jons antidoping qoidalarini buzganligi uchun 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Amerikalik sportchining 2016-yil 16-iyunida, musobaqalar bo‘lmagan vaqtda olingan namunasida taqiqlangan klomifen va letrozol moddalari aniqlandi. Uning chetlatilishi 2016-yilning 6-iyulidan kuchga kirdi.
Jon Jons professional faoliyatida 23 ta jang o‘tkazib, 22 tasida g‘alaba qozongan hamda 1 tasida uning hisobiga mag‘lubiyat yozilgan.
Izoh (0)