10–11-noyabr kunlari Toshkentda “Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Anjuman Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Simpozium davomida nazariy va eksperimental fizika, astrofizika muammolari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalari, fizika fani yangiliklari muhokama qilinadi.
Izoh (0)