Renault-Nissan konserni narxi 8 ming dollardan oshmaydigan ommabop elektromobil ustida ishlamoqda va u bilan ikki yildan so‘ng bozorga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Karlos Gon Web Summit IT-konferensiyasida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Konsern elektromobil sotish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi, ammo uning Zoe va Leaf modellari yuqori bahosi tufayli kutilgan miqdorda sotilmadi.
Gon kompaniya Xitoy bozoriga ishonayotganini, oxirgi besh yilda global elektromobillar bozorida Xitoy bozorining ulushi noldan 33 foizgacha ko‘tarilganini aytib o‘tdi.
“Hozir Xitoyda aynan arzon elektromobillar sotilmoqda. Bu bozor chinakam o‘sishni boshdan kechirmoqda. Biz bozorning talabini inobatga olgan holda arzon elektromobil ishlab chiqarishga qaror qildik”, — dedi Gon.
“Hozir biz mana shunday elektromobil ustida ishlamoqdamiz. Maqsadimiz — ikki yildan so‘ng bozorga chiqish”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)