AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod Hillari Klinton turmush o‘rtog‘i, AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton bilan birga Nyu-York shtatining Chappakva shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, juftlik saylov uchastkasiga tashrif buyurgan fuqarolarni qarshiladi va ayrimlari bilan birga suratga tushdi.