Tinch okeani havzasida joylashgan Chili qirg‘oqlarida 5,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining Yagona geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Zilzila epitsentri Chilining markaziy qismida joylashgan Talkauano shahridan 34 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Silkinishlar shiddati bo‘yicha zilzila “vayronkor” deb baholandi.
Ma’lumot uchun, 4-noyabr, juma kuni Chilida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.