Xitoy yangi Sino-CEEF xolding kompaniyasini tashkil etdi. U XXR hamda Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun platforma vazifasini bajarishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Kompaniyaning Xitoy tomonidan ta’sischisi va asosiy investori mamlakatning eng yirik kredit tashkiloti — Xitoy savdo-sanoat banki (Industrial & Commercial Bank of China, ICBC) bo‘ldi. Xolding rahbari Szyan Szyansinning so‘zlariga qaraganda, yangi kompaniya Sino-CEEF jamg‘armasini tashkil etib, uning faoliyati infrastruktura, yuqori texnologik ishlab chiqarish va ommaviy iste’mol singari sohalarga investitsiyalar kiritishga qaratiladi.
Markaziy va Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlari, kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlari jamg‘armaga mablag‘ kiritishga qiziqish bildirmoqda, deb ta’kidladi Szyan Szyansin. Jamg‘armaning umumiy hajmi 10 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Izoh (0)