Qozog‘istonlik biznesmen, “Chimkentpivo” zavodining sobiq xo‘jayini, davlat to‘ntarishini tayyorlashda ayblanayotgan To‘xtar Tuleshov 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hukmni 7-noyabr kuni ixtisoslashtirilgan tumanlararo jinoiy ishlar bo‘yicha harbiy sudda sudya Yerbol Ahmatjonov o‘qib eshittirdi.
Bundan tashqari, Tuleshovning mol-mulki musodara qilindi, u umrbodga tijoriy va jamoatchilik tashkilotlarida rahbar lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilindi. Sobiq biznesmen jazoni og‘ir tartibli koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.
Jazoni o‘tash muddati 2016-yil 30-yanvaridan hisoblanadi.
Izoh (0)