Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peres jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan 2021-yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaning imzolanishi haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Jamoa 114 yillik tarixga ega. Klubimizni butun dunyo tan oladi. Bu Di Stefano va Xento singari afsonaviy o‘yinchilar bilan bog‘liq, Ronaldu esa bu sulolaning eng yaxshi merosxo‘ridir. Ronaldu — buyuk davomchi”, — dedi u.
“Klubimiz Chempionlar kubogini 11 marta yutgan. Hozirgi paytda Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi klubning ramzidir. Madridda u barcha yutuqlarni qo‘lga kiritdi, klubning eng yaxshi to‘purari sifatida tarixga kirdi. U hech qachon unutilmaydi, ushbu mavsumdan so‘ng esa, aftidan, to‘rtinchi Oltin to‘pni qo‘lga kiritadi. Tarix Ronaldugacha va Ronaldudan keyinga bo‘linadi. KriRo har doim biz bilan bo‘ladi”, — qo‘shimcha qildi Peres.
Bir muddat ilgari jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ronaldu faoliyatini “Real”da yakunlashini aytgan edi.
Izoh (0)