9-noyabrdan yangi tezkor poyezd “Andijon–Urganch” reysini amalga oshira boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“2016-yil 10-noyabrdan ‘Andijon–Urganch’ yo‘nalishi bo‘yicha yangi 393/394-sonli yo‘lovchi poyezdi xarakatlanishni boshlaydi”, — deyiladi xabarda.
Poyezdning Andijondan jo‘nash vaqti — payshanba kuni 08:05, Urganchga kelish vaqti — juma kuni soat 08:00; Urganchdan qaytish — juma kuni soat 19:20, Andijonga kelish vaqti — shanba kuni soat 19:10.
Bundan tashqari, 2016-yil 9-noyabrdan “Toshkent–Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha yangi 94/93-sonli tez yurar poyezdi xaftasiga bir marotaba xarakatlanishni boshlaydi. Poyezd Toshkentdan chorshanba kuni soat 13:00 da jo‘nab ketadi va Andijonga o‘sha kuni soat 19:10 da yetib boradi, so‘ng Andijondan shanba kuni soat 22:15 da jo‘nab, Toshkentga yakshanba kuni soat 05:16 da yetib boradi.
Izoh (0)