Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi hujumchisi Ueyn Runi jamoa uchun yevrokubok bahslarida kiritilgan gollari soni bo‘yicha gollandiyalik Rud van Nistelroy rekordini takrorladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Angliyalik futbolchi “Fenerbaxche”ga qarshi (1:2) o‘yinda gol kiritib, “MYu” uchun yevrokuboklardagi gollarini 38 taga yetkazib oldi. “Manchester Yunayted” safida 2001–2006-yillarda to‘p surgan hamda 2012-yilda faoliyatini yakunlagan Nistelroy hisobida ham shuncha gol mavjud.
Ma’lumot uchun, Ueyn Runi 2004-yili “Everton” klubidan “Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda tajribali hujumchi mankunianlarning barcha turnirlarida 14 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)