O‘zbekistonda qishloq joylarda suv quvurlarini kengaytirish va modernizatsiyadan o‘tkazish dasturi qabul qilinadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Aytilishicha, keyingi besh yilda 9 ming kilometr suv quvurlari tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootlari quriladi va qayta tiklanadi. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlarida 3,2 million kishini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi. Shu tariqa, mamlakatda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 67 foizdan 84 foizga ko‘tariladi.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etiladi, shuningdek, moliya vazirligi qoshida “Toza suv” maxsus fondi yaratiladi.
Izoh (0)