Gretsiya hukumati mamlakat futbol federatsiyasidagi korrupsiya bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi uchun Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ga tashkilot ustidan bevosita rahbarlik qilishni boshlashga ruxsat berdi. Bu haqda “Chempionat” ma’lum qilmoqda.
“Gretsiya futbolidagi chirigan tizim va koppursiyani yo‘q qilish uchun FIFA qo‘mitasiga rozilik berdik. Korrupsiya uzoq yillar davomida gulladi, yuqori martabali siyosatchilar esa unga qarshi hech nima qila olmasligini aytib, uni qo‘llab-quvvatladi”, – dedi Gretsiya sport vaziri o‘rinbosari Stavros Kontonis.
Oktabr oyida FIFA Gretsiya futbol federatsiyasining ish faoliyatini yaxshilash uchun maxsus qo‘mita tuzgan edi.
Izoh (0)