Chexiyaning Tabor shahrida “Pandur” rusumli beshta zirhli transportyor va yengil avtomobil ishtirokidagi YTHda to‘qqiz harbiy xizmatchi va ikki oddiy fuqaro jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Chexiya qurolli kuchlari bosh shtabi matbuot kotibi Yan Shulsning bildirishicha, 42-mexanizatsiyalashgan batalonning besh zirhli transportyori Boletitsa poligonidagi o‘quvlardan so‘ng qismga qaytayotganida yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Yo‘l sirg‘anchiq bo‘lgani uchun yengil mashinaning tormozi yaxshi ishlamagan, buning oqibatida mashina zirhli transportyorlarga urilgan.
Izoh (0)