Misr markaziy banki mamlakatdagi dollar taqchilligi va iqtisodiy muammolar tufayli milliy pul birligi — funtni erkin baholanuvchi valyutaga aylantirdi. Shundan so‘ng Misr funtining AQSh dollariga nisbatan kursi uchdan birga tushib ketdi, deb xabar beradi “RBK”.
Markaziy bank vakillari milliy valyutani liberallashtirish qarori “xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlagan islohotlar dasturi”ning bir qismi ekanligini aytdi. Mamlakat Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 12 milliard dollar kredit kutmoqda.
Misrda 1 dollarning rasmiy kursi 8,8 funtga teng edi. Valyuta erkinlashtirilganidan so‘ng markaziy bank kursni 13 funt/1 dollar qilib belgiladi. Shu tariqa, devalvatsiya 32 foizni tashkil etdi.
Ammo Misr banklarida dollar sotib olish qattiq cheklangani bois mahalliy biznes ko‘proq qora bozorga murojaat qila boshlagan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qora valyuta bozorida kurs 18 funtga 1 dollarni tashkil qilgan.
Izoh (0)