Angliyaning Legatum Institute tadqiqot markazi 2016-yil uchun gullab-yashnayotgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Joriy yilda Prosperity Index yetakchisiga Yangi Zelandiya aylandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Oxirgi yetti yil davomida reytingda Norvegiya birinchilikni hech kimga bermay kelayotgan edi. Ammo joriy yilda u o‘z o‘rnini Yangi Zelandiyaga berib qo‘ydi va ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi.
Kuchli uchlikka Finlyandiya yakun yasadi. Undan keyin ro‘yxatdan Shveysariya, Kanada, Avstraliya, Niderlandiya, Shvetsiya, Daniya va Buyuk Britaniya o‘rin oldi.
Izoh (0)