Afg‘onistonning Qunduz viloyatida NATO kuchlari tomonidan berilgan aviazarba oqibatida kamida 30 kishi, shu jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Viloyat hokimiyati vakili Mahmud Donishning so‘zlariga qaraganda, Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari NATO kuchlari bilan hamkorlikda mintaqada “Tolibon” jangarilariga qarshi operatsiya o‘tkazayotgan edi. Ammo ularning hujumlari chog‘ida 30 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi, 25 nafari yaralandi.
Izoh (0)