O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib Sherzod Shermatovni tayinladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Sherzod Shermatov (chapda) va Alisher Fayzullayev. Foto: UzDaily

Sherzod Shermatov (chapda) va Alisher Fayzullayev. Foto: UzDaily

Bunga qadar Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Alisher Fayzullayevning o‘rniga kelmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universitetining yangi rektori etib universitetning ma’muriy masalalar bo‘yicha menejeri lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev tayinlandi.