1985-yilda National Geographic jurnali muqovasida chop etilgan portreti orqali butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan afg‘onistonlik qochoq Sharbat Gula hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun Pokistonda hibsga olingan edi. Pokiston sudi Sharbat Gulani garov evaziga ozod etishga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq Pokistonda “Afg‘on qizi”ni garov evaziga hibsdan ozod etishga rozi bo‘lishgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Sharbat Gula hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun 14 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi haqida ham ma’lum qilingandi.
Xabarda qayd etilishicha, sud Gulaning garov evaziga hibsdan ozod etilish iltimosnomasini rad etdi. Ayolning ozod etilishi uchun kurashayotgan advokatlar Sharbat Gula Pokistonda bo‘lib turgan vaqtida uning ustidan hech qanday shikoyatlar tushmagani va u vataniga qaytayotganida qo‘lga olinganini ta’kidladi.
Huquqshunoslar, shuningdek, uning hibsga olinishi vaqtida barcha rasmiy talablarga rioya qilinmaganiga e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, prokuror Sharbat Gulaning qamoqda qolishini talab qilgan.
Izoh (0)