Rossiyaning Sochi shahrida qulagan vertolyotni ijaraga olgan kishilar bortdagi ayollardan birining tug‘ilgan kunini nishonlayotgan edi. Bu haqda aviahalokatda jabrlangan yo‘lovchilardan biri Anna Shtekleyn aytib berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan dugonam Nastya hozir reanimatsiyada. Bir necha kun kerakli ob-havoni kutdik, dam olishning oxirgi kuni esa vertolyotda sayr qilish qaroriga keldik. Pastda bizni Nastyaning ota-onasi kutib turgan edi”, — hikoya qildi u.
Aviahalokatda jabrlangan to‘rt kishidan ikki nafari og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)