Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim parlamentda 1-noyabr kuni qilgan chiqishida hukumat qatl jazosini cheklangan shaklda joriy etish loyihasini taklif qilishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yildirim hukmron partiya deputatlariga murojaat qilarkan, o‘lim jazosining qaytarilishi konstitutsiyaning o‘zgartirilishiga olib kelishini, bu borada murosa zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Turkiyada o‘lim jazosi 2002-yilda bekor qilingan edi, ammo joriy yilda mamlakatda amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishdan so‘ng hukumat vakillari o‘lim jazosini qayta tiklash masalasini ilgari surmoqda.
Izoh (0)