Madridning “Real” jamoasi rahbariyati klub yarim himoyachisi Isko bilan shartnomani uzaytirish borasida prinsipial kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Isko madridliklar safida 2022-yilning yoziga qadar to‘p suradi. Uning amaldagi shartnomasi 2018-yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” safida Ispaniya chempionatining 7 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Isko 2013-yili “Malaga”dan “Real” safiga kelib qo‘shilgandi.
Izoh (0)