Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Janubiy Koreya birlashuv vazirligi KXDRga murojaat qilib, mamlakat ichki siyosatiga aralashuvdan tiyilishga chaqirdi, deb yozadi “Interfaks” Janubiy Koreya OAVlariga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning ichki ishlariga aralashishni zudlik bilan to‘xtatishi kerak. Pxenyan o‘z aholisi hayotini yaxshilashga diqqatini qaratgani ma’qul”, — deyiladi vazirlik vakiliga tayanib berilgan xabarda.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Chxve Sun Sil o‘z mavqeidan foydalangan holda yirik kompaniyalarni unga aloqador ikki jamg‘armaga ko‘p millionli ehsonlar qilishga majburlaganlikda ayblangani xabar berilgan edi. Ayrimlar, o‘z navbatida, Pak Kin Xeni dugonasining bu ishlariga yo‘l qo‘yib berganlikda gumon qilmoqda.

Mazkur mojaro doirasida Janubiy Koreya prezidenti 25-oktabr kuni uzr so‘radi va saylov kampaniyasi chog‘ida Chxve Sun Sil unga ko‘p bora yordam berganini, kampaniyani qanday olib borish bo‘yicha maslahatlar bergani, matnlar yozish va jamoatchilik bilan aloqalar ishiga qo‘shilganini aytib o‘tdi.

Chxve Sun Sil ham o‘z harakatlari uchun mamlakat aholisidan uzr so‘radi.

O‘z navbatida, Pxenyanda ushbu ish yuzasidan Janubiy Koreya hukumati qattiq tanqid ostiga olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...