Angliya futbol uyushmasi (FA) “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyoni mamlakat chempionati doirasida “Byornli”ga qarshi kechgan bahsda o‘zini noloyiq tutishda aybladi. U tanaffus chog‘ida o‘yin hakamiga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan edi, deb xabar beradi “TASS”.
“Aytilishicha, tribunalar ostidagi xonalarda ‘Manchester Yunayted’ va ‘Byornli’ o‘rtasidagi uchrashuv tanaffusida Mourinyo hakamlardan biriga nisbatan haqoratli e’tirozlarni bildirgan”, — deyiladi FA bayonotida.
Ish yuzasidan yig‘ilish 4-noyabrga belgilandi.
Uchrashuv paytida Mourinyo texnik zonadan chetlatilgan edi. Birinchi bo‘lim davomida portugaliyalik mutaxassis uchrashuv bosh hakami Mark Klattenburg bilan tortishib qoldi va buning oqibatida texnik zonadan chetlashtirildi. Ikkinchi bo‘limda Mourinyo jamoani stadion tribunasidan boshqarib turdi.
“Manchester Yunayted” va “Byornli” o‘rtasidagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Izoh (0)