American Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti uchuvchi kabinasining tutay boshlagani tufayli Denverda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Fox News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, havo kemasi 569-reys bilan Los-Anjelesdan (Kaliforniya shtati) Kanadaning Toronto shahriga yo‘l olgan edi. Parvoz davomida yuzaga kelgan mexanik nosozlik uchuvchi kabinasining tutay boshlashiga olib kelgan. Natijada havo kemasining komandiri eng yaqin aeroportga qo‘nishga qaror qildi.
Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Samolyot bortida 100 ga yaqin yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Mutaxassislar nosozlik sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)