Kanadaning Surrey shahridagi maktablardan birining oldida yuz bergan otishma oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1 kishi halok bo‘ldi, yana bir nafari yaralandi. Bu haqda, CTV’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa 29-oktabr kuni sodir bo‘ldi. Mahalliy huquq-tartibot xodimlari voqea tafsilotlarini ma’lum qilmayapti, ammo politsiya hodisani oktabr oyida ikkita qotillikni amalga oshirishda va Vankuverdagi metro otishmasida ishtirok etishda gumonlanayotgan guruh bilan bog‘lamoqda.
CTV’ning aniqlik kiritishicha, maktab oldidagi otishma Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining jamoat xavfsizligi bo‘yicha vaziri Mayk Morrisning huquq-tartibot xodimlari Kanadada boshlangan ketma-ket zo‘ravonlik xatti-harakatlarni to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Izoh (0)