Italiyada oxirgi ikki oy davomida kuzatilgan zilzilalar oqibatida Apennin tog‘lari taxminan 40 santimerga pasaydi. Bu haqda Italiyaning geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti mutaxassislari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“24-avgust va 26-oktabrdagi zilzilalardan so‘ng Apennin tog‘lari zilzila hududida 40 santimetrga pastladi. Bu jarayon davom etmoqda. Apennin Adriatika va Tirren dengizlari sohillari bo‘ylab kengayib, Alplarga tiralmoqda”, — dedi institut ilmiy xodimi Alessandro Amato.
Bundan tashqari, italiyalik ekspertlar Italiya markazida bugun, 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila seysmik faollikning davomi bo‘lganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)