Bangkokda minglab Tailand fuqarolari 13-oktabr kuni vafot etgan qirol Pxumipon Adulyadet bilan xayrlashish uchun ko‘chalarga chiqdi. Marosim 29-oktabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:00 da boshlandi. Odamlar motam liboslarida bo‘lib, ko‘pchilik qirolning suratlarini ko‘tarib chiqdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hukumat qaroriga binoan monarxning qoldiqlari solingan tobut joylashgan xonaga kuniga 10 ming kishi kirishiga ruxsat beriladi. Mahalliy an’anaga ko‘ra, marhum qirolning tanasi motam marosimlari tugaguniga qadar mo‘miyolab qo‘yiladi (ba’zan bu marosimlar bir necha yilga cho‘zilishi mumkin), oxirida esa tana yoqib yuboriladi. Yoqish marosimi uchun shaharning markaziy maydonlaridan birida maxsus yog‘och pavilyon quriladi.
Izoh (0)