Sibir hududida 16–18 million yil muqaddam yashagan qadimiy to‘tiqush qoldiqlari rossiyalik olimlar tomonidan Baykal ko‘liga uyushtirilgan ekspeditsiya chog‘ida aniqlandi. “TASS”ning Rossiya Fanlar akademiyasi Paleontologiya instituti ilmiy xodimi Nikita Zelenkovga asoslanib yozishicha, topilma turning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqidagi eski qarashlarni ko‘p jihatdan o‘zgartirib yuboradi.
Paleontologlarning aytishicha, 16–18 million yil muqaddam bu yerda hali Baykal ko‘li yo‘q edi. Shu paytga qadar u dunyoning eng qadimiy ko‘li hisoblanib, 25–35 million yoshdaligi e’tirof etilardi. Uning o‘rnida subtropik o‘rmonlar hamda mayda issiq ko‘llar joylashgan bo‘lib, ushbu suv havzalari sohillarida karkidonlar va ibtidoiy otlar — anxiteriyalar yurgan.
Shu paytning o‘zida to‘tiqushlar Shimoliy Amerikada ham istiqomat qilgan. To‘tiqushlar zamonaviy Chukotka va Alyaskani birlashtiruvchi qadimiy Beringiyadan Amerikaga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Shu paytgacha qushlar janubiy orollardan qit’alarning issiq zonalariga ko‘chgani taxmin qilinar edi.