Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Gvatemala futbol assotsiatsiyasi (FEDEFUT)ning tashkilotga a’zoligini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda, FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, chetlatishning sababi sifatida FEDEFUT nizomining FIFA mezonlariga to‘g‘ri kelmaganligi ko‘rsatilmoqda.
2015-yilning dekabr oyida FIFA o‘z qoidalarga muvofiq tashkilotlarning nizomlarni keltirish bo‘yicha qo‘mita tuzishga qaror qildi. Uning ichiga joriy yilning 30-sentabr kuni FEDEFUT rahbari saylovini o‘tkazish vazifasi ham kiritilgan edi.
Keyinroq FIFA qo‘mita vakolatini 2017-yilning 31-iyuliga qadar uzaytirish taklifini bildirdi, ammo FEDEFUT ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi. Shu munosabat bilan FIFA mazkur taklifni ma’qullamaguniga qadar FEDEFUTning tashkilotga a’zoligini to‘xtatib qo‘ydi.
Izoh (0)