Olmaota shahri politsiyasi 16-oktabr kuni bedarak yo‘qolgan 22 yoshli Xanapiya Qosilbekovni 28-oktabr kuni topdi. U shahardagi kompyuter klublaridan biridan topildi, deb xabar beradi TJournal.
Qosilbekov uydan chiqib ketayotganida o‘zi bilan qimmatbaho Canon fotoapparatini olvolgan edi. Uni qidiruvga bergan onasi bolani fotoapparatni yo‘qotgani uchun urushmaslikka va’da bergandi.
Yigit topilganidan so‘ng u fotoapparatni lombardga berib yuborgani aniqlandi. Olingan pullarni u shu kunlar mobaynida sarflagan.
“Shu pullarga u maishat qilgan. Qo‘lidan kelgancha maishat qilgan, qirolday yurgan, so‘ng daydilarday yashagan, birovning kiyimini kiygan, muzlab qolgan, bolalar unga pul berib turgan, xullas, mana shunaqa ahvolga yetib kelgan”, — hikoya qiladi yigitning onasi.
Qosilbekov pullarni sarflab yuborgani uchun uyga kelmay yurgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)