Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 26–27-oktabr kunlari mamlakat hududida terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazib, uning ikki a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“26–27-oktabr kunlari Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati xodimlari respublikaning turli hududlarida mamlakat ichida terakt amalga oshirishni rejalashtirgan terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi”, – deyiladi xabarda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Ozarbayjon fuqarolari Rustamov, Guliyev va Gulmamedov mamlakat tashqarisidagi terrorchi guruhlar bilan til biriktirib, respublika hududida “Kavkaz jamoati” tashkilotining qurolli qanotini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat olib borgan.