“Barselona”ning braziliyalik hujumchisi Neymarning otasi o‘g‘lining “Valensiya” darvozasiga urgan golini nishonlashi bilan bog‘liq yangiliklarga izoh berdi. Uning Marca nashriga bildirishicha, o‘g‘lining ishqibozlarni gijgijlashi yomon xulq-atvor belgisi emas, deb xabar beradi “TASS”.
Ispaniya chempionati to‘qqizinchi turi doirasida o‘tgan “Barselona” – “Valensiya” uchrashuvida (3:2) yutqizayotgan jamoa ishqibozlaridan biri golni nishonlayotgan Luis Suarez va Neymarga qarata plastik idish otdi. Shundan so‘ng “Barselona” futbolchilari “Valensiya” ishqibozlarini haqorat qila ketdi.
“Neymar qilgan ishda yomon jihatlar ko‘rmayapman, — dedi futbolchining otasi Neymar da Silva Santos. — Muxlislarning fe’l-atvori haqoratli edi. ‘Barselona’ g‘alabadan xursand edi, bu normal holat. Provokatsiyalar futbolda ham u, ham bu tomondan bo‘lishi mumkin, lekin buni o‘zgartirib bo‘lmaydi”.
Izoh (0)