Jizzax viloyatida 1 va 2-Xovos – G‘allakor nasos stansiyalari foydalanishga topshirildi. Inshootlarda “Jizzax tumanlararo suvtarmoqta’mir” tomonidan 25 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Sirdaryodan suv olayotgan Janubiy Mirzacho‘l kanali havzasida barpo etilgan ushbu stansiyalarning har biriga beshtadan zamonaviy yuqori quvvatli nasoslar o‘rnatilgan. Birinchi stansiya suvni 68 metr, ikkinchisi 171 metr balandlikka ko‘tarib beradi. Har ikkala stansiya sekundiga 3,5 kub metr suv olish quvvatiga ega.
Yangi nasos stansiyalarining ishga tushirilishi bilan tumanning “Sarmish” suv iste’molchilari uyushmasida 640, “Balandchaqir” suv iste’molchilari uyushmasida 850 gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi.
“Joriy yilning o‘tgan davrida 8 irrigatsiya inshootida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida 10 ming gektarga yaqin yerga suv yetkazib berish tizimi yaxshilandi”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)