Foto: AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekistonda safar bilan bo‘lib turgan Tomas Shennon Samarqandda bo‘ldi va u yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gullar qo‘ydi.
Bundan tashqari, Tomas Shennon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen hamrohligida Samarqandning ayrim diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi. Tomas Shennonning Samarqandga tashrifi aks etgan fotosuratlar AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Facebook’dagi rasmiy sahifasiga joylashtirildi.
Izoh (0)