Chili qirg‘oqlarida 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining Yagona geofizika xizmati Oltoy-Sayan filiali ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yerosti silkinishi episentri Chilining markaziy hududi — San-Antonio shahridan 36 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Silkinishlar shiddati bo‘yicha zilzila “juda kuchli” deb baholandi.
Izoh (0)