AQSh vitse-prezidentligiga nomzodning samolyoti Nyu-York aeroporti сhetiga chiqib ketdi

AQSh vitse-prezidentligiga nomzod, respublikachi senator Mayk Pensning samolyoti Nyu-York aeroporti uchish-qo‘nish maydoni chetiga chiqib ketdi. Ayovadan uchib kelgan havo kemasi bortida 30 kishi, jumladan, senatorning turmush o‘rtog‘i va qizi bor edi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Trend

Foto: Trend

Ayovadan parvoz Nyu-Yorkdagi ob-havo sharoitlari tufayli ikki soatga kechiktirilgandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani bildirilmoqda.

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pens bilan qo‘ng‘iroqlashdi va hodisa tinchlik-omonlik bilan yakunlanganidan mamnunligini izhor etdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing