Yaponiyaning Itinomiya shahrida (Ayti prefekturasi) yuk mashinasining haydovchisi to‘qqiz yoshli maktab o‘quvchisini urib ketdi. Bu haqda prefektura huquq-tartibot organlari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ularning ma’lum qilishicha, hodisa harakati boshqarilmaydigan chorrahada yuz bergan. Harakatlanish chog‘ida haydovchi smartfonda Pokemon Go o‘yinini o‘ynagan va yo‘lni kuzatib bormagan. Bu esa yo‘l-harakat hodisasiga sabab bo‘lgan.
Hozirgi paytda haydovchi qo‘lga olingan.
Pokemon Go — pokemon deb nomlangan personajlarni qidirish va ovlash maqsadida ko‘pchilik tomonidan o‘ynaladigan o‘yindir. Turli manbalarga ko‘ra, uni har kuni o‘ynovchilar soni 20 milliondan oshadi.
Izoh (0)