Turkiya NATOga murojaat qilib, Egey dengizida migratsion oqimni to‘xtatib turish missiyasini yakunlashni taklif etdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Fikri Ishiq bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Interfaks”.
Uning so‘zlariga qaraganda, rasmiy Anqara missiyani dekabr oyining oxiriga qadar davom ettirish kerak deb hisoblamaydi, negaki Turkiyadan Gretsiyaga o‘tishni istovchi noqonuniy muhojirlar soni sezilarli darajada kamaydi. Shu tufayli Egey dengizi sohilbo‘yini harbiy patrullashga ortiq ehtiyoj yo‘q.
Bundan tashqari, mudofaa vaziri Turkiya o‘z kuchlari bilan migratsion oqimga qarshi turishini aytib o‘tdi.
Ilgariroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Turkiya va Gretsiyaga yordam berish uchun missiyani davom ettirishga qaror qilganini bildirgan edi.
Izoh (0)