Rossiya Saudiya Arabistoni hamda OPEK tarkibiga kiruvchi boshqa Fors ko‘rfazi arab monarxiyalarining neft qazib olish hajmini 4 foizga qisqartirish to‘g‘risidagi taklifiga qo‘shilmadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Rossiya tomoni neft qazib olish hajmlarini hozirgi darajada muzlatib qo‘yishga rozi bo‘lgan, ammo qisqartirish taklifiga qarshi chiqqan.
Mazkur masala yuzasidan fikr almashish 23-oktabr kuni ar-Riyodda mintaqaviy hamdo‘stlik neft vazirlari forumining 35-sessiyasi doirasidagi yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvida bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak ishtirok etdi. Forum sessiyasida neft bozorini barqarorlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)