Italiyaning “Roma” futbol klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti “Palermo”ga qarshi (4:1) Italiya chempionati 9-turidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlardan birining savoliga ehtirosli xatti-harakat orqali munosabat bildirdi.
Voqea aks etgan videolavha YouTube’dagi “Vocegiallorossa.it” kanalida e’lon qilindi. 57 yoshli italiyalik mutaxassis jurnalistning savolidan so‘ng ikki qo‘li bilan boshini ushlab, uni to‘rt marta stolga urdi.
Izoh (0)