Bluecastle Enterprises Limited kompaniyasi ostida faoliyati yuritadigan Moskvaning SSKA futbol klubi birinchi marta jamoa xo‘jayini kim ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Xabarda qayd etilishicha, SSKAning xo‘jayini klub prezidenti Yevgeniy Giner emas, uning o‘g‘li Vadim bo‘lib chiqdi. Hujjatlarda Vadim Giner Bluecastle Enterprises Limited kompaniyasining 75 foiz aksiyasi egasi sifatida ko‘rsatilgan.
Ta’kidlash joiz, Londonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kompaniya birinchi marta o‘z xo‘jayini ismini e’lon qildi. Buni 2016-yildan Buyuk Britaniya qonunchiligi talab qilmoqda.
Izoh (0)