Italiyaning markaziy qismi, Rim yaqinida kuchli yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
5,5 magnitudali zilzila Toshkent vaqti bo‘yicha 22:10 da sodir bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda. Uning epimarkazi o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Bundan avval ham 24-avgustga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida kuchli zilzila yuz bergan edi. Tabiiy ofat oqibatida 300 kishining halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)