Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tashkilotga a’zo milliy terma jamoalarning oktabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston OFKga a’zo 47 mamlakat orasida 9-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
OFKning reytingida Janubiy Koreya termasi 92,939 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda BAA (86,36) va Saudiya Arabistoni (84,68) egallagan. Eron 79,62 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda.
O‘zbekiston sentabr oyiga nisbatan ochkolar sonini 56,31 dan 58,51 gacha oshirganiga qaramay, 9-o‘rinda qoldi.OFK reytingini tuzishda klub assotsiatsiyalarining so‘nggi to‘rt mavsumdagi Osiyo Chempionlar Ligasi va OFK Kubogidagi natijalari hamda FIFA reytingidagi ochkolarning 30 foizi inobatga olinadi. Reyting klublar va terma jamoaning ochkolari yig‘indisi evaziga tuziladi.
Izoh (0)