Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti IShID terrorchi guruhi Iroqning Mosul shahriga kimyoviy hujum uyushtirishi xavfi tufayli tegishli ixtisosliklardagi tibbiyot xodimlarini tayorlamoqda. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
90 nafar tibbiyot xodimi zarur bo‘lganda yordam ko‘rsatishga tayyor, deyiladi tashkilot xabarnomasida.
Iroq hukumat qo‘shinlari va kurd ko‘ngillilari Mosulni IShID jangarilaridan tozalash operatsiyasini davom ettirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)